
Nurmagomedov katta summa evaziga MakGregor bilan revansh jangiga rozi bo‘ladimi?
UFC prezidenti Dana Uayt engil vazn toifasi chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedovning moliyaviy holati haqida gapirdi. Uaytning so‘zlariga ko‘ra, Nurmagomedovga irlandiyalik Konor MakGregor bilan revansh jangi uchun jiddiy summa taklif qilishning foydasi yo‘q ekanligi, chunki Xabib pulga ahamiyat bermasligini ta’kidladi.
"Katta chek bilan Xabibni jalb qilish mumkinmi? Odamlar tushunmaydilar, Xabib juda boy odam. Unga pul kerak emas ”,- dedi Uayt YouTube-kanalu Menace and the Man Show ga bergan intervyusida.
31 yoshli Xabib Nurmagomedov 2018 yil oktyabr oyida irlandiyalik Konor MakGregorni mag‘lub etgandi. Shundan so‘ng, Konor revansh jangi o‘tkazishga harakat qilmoqda. Rossiyalik chempion esa, unga navbatini kutishni tavsiya qilib kelayapti.
Fikrlar