
Nurmagomedov Konor bilan revansh uchun qancha xohlaydi?
Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov ikki divizionning sobiq chempioni Konor Makgregorga qarshi revansh jangi uchun o‘z shartini aytib o‘tdi.
"Bizga ham Konor bilan revansh kerak, faqat buning uchun 100 mln dollar bering!
Fergyuson bilan bo‘lib o‘tadigan jangning ertasi kuniyoq, shu pulni bering va nima uchun jang bo‘lmasligi kerak?
Bilmayman, balki Dana Uaytga bu jang kerak bo‘lsa, shuncha pulni to‘lashi mumkinmikan," - dedi katta Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, Dana Uayt Makgregorning keyingi raqibi Xabib Nurmagomedov bo‘lishi haqida xabar bergandi.
Fikrlar