Nurmagomedov: Qaerda jang qilamiz? Umuman jang bo‘ladimi? Nimalar bo‘layapti o‘zi?
UFCning engil vazn toifasi chempioni Xabib Nurmagomedov UFC 249 musobaqasi ko‘chirilgani va Toni Fergyusonga qarshi jang bo‘lib o‘tishi hamon so‘roq ostida ekanligidan bezovta bo‘lmoqda.
"Biz, Abdulla ikkimiz nima bo‘layotganini umuman tushuna olmayapmiz.
Qaerda jang qilamiz, o‘zi umuman jang bo‘ladimi? Vazn quvishimiz nima bo‘ladi? Jang qaeda bo‘lib o‘tadi?
Men o‘zimni bunday holatda tasavvur qilmagan edim. UFC 249, sen nima qilayapsan?" - deb yozdi Nurmagomedov o‘zining Instagram sahifasida va quyidagi suratni joyladi:

Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang UFC 249 doirasida 18 aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo musobaqaning manzili noma’lum joyga o‘zgartirildi.
Hozirda, UFC tashkiloti yangi manzil qidirmoqda.

Fikrlar