
Nurmagomedovning bo‘lajak raqibi Toni Fergyuson jarohat oldi
UFC jangchisi Toni Fergyuson Xabib Nurmagomedovga qarshi jang uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan paytida jarohat oldi. Bu haqda sportchining murabbiyi Eddi Bravo xabar berdi.
"Yaqindagina, Toni tizzasidan jarohat oldi.
To‘g‘ri, bu safargi jarohat unchalik qo‘rqinchili emas, faqat biroz vaqt uziladi. Professional sportda kichik jarohatlardan hech kim qochib qutulolmaydi, buni barcha yaxshi biladi.
O‘ylaymanki, Toni o‘z tajribasi evaziga bu jarohat bilan kurasha oladi. Men uni har kuni mashg‘ulotlar zalida ko‘raman va u ajoyib sport formasida," - dedi Bravo.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Fergyuson o‘rtasidagi jang 18 aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, bu jangni tashkil etishga promoushenning beshinchi bor urunishidur.
Fikrlar