
Nurmagomedovning murabbiyi: Habib va Konor o‘rtasidagi revansh jangi bo‘lib o‘tadi
UFC engil vazn toifasining chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes o‘z shogirdining Konor Makgregorga qarshi ikkinchi jangi bo‘lib o‘tish ehtimoli hali ham bor ekanligini ta’kidladi.
"Agar Konor jang qilishni istasa, Habib chempion bo‘lsa, nega ular kuch sinashmasligi kerak? Men ham ularni o‘zaro jang qilmasliklariga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardim. Bu ularning ishi, shunday emasmi? Bu ularga ko‘plab pul ishlab topishlari uchun imkoniyat.
Albatta, har kim, avvalgidek, bu kurash bo‘lib o‘tishini xohlaydi. Shuning uchun ham, UFC bu jangni tashkil etishni istaydi, deb o‘ylayman," - dedi Mendes.
2018 yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan dastlabki jangda Nurmagomedov MakGregor ustidan bo‘g‘ish uslubi evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar