
Nursulton hamda Mashrabjon Ro‘ziboevlarning navbatdagi jang sanasi ma’lum yoxud aka-ukalar Qozog‘istonda jang qiladi
Yurtimiz MMA olamining mashhur vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboevning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Yurtdoshimiz 12 dekabr kuni Qozog‘istonda tashkil etiluvchi "Open FC" promoushenining navbatdagi turnirida o‘z chempionlik kamarini himoya qiladi.
Shuningdek, 11 dekabr kuni Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan "Oktagon" promoushenida "Nursulton Team" klubi a’zolari Mashrabjon Ro‘ziboev, Otabek Toxirov, Kamoliddin Mamajonov ham o‘z janglarini o‘tkazadi.
Tez orada ularning raqiblari haqida ham ma’lumot beramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboev joriy yilning 12 sentyabrida "Open Fighting Championship" promoushenining 10-turnirida braziliyalik Aleks de Paulani mag‘lub etib, ushbu promoushenning o‘rta vazn (83.9 kg) toifasi chempioniga aylangan edi.
Fikrlar