
Nursulton Ro‘ziboev jang qiladigan “UFC on ESPN 48” turnirining to‘liq "fayt-kard"i bilan tanishing!
1 iyul (Toshkent vaqti bilan 2 iyulga o‘tar kechasi) kuni AQShning Las-Vegas shahrida “UFC on ESPN 48” turniri start oladi. Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasidan hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboevning debyut jangi ham o‘rin olgan. U braziliyalik mag‘lubiyat bilmay kelayotgan Brunno Ferreyraga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, mazkur kechadan bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar o‘rin olgan.
Quyida, to‘liq “fayt-kard” bilan tanishishingiz mumkin.
Asosiy kard:
O‘rta vazn (84 kg)
Shon Striklend (AQSh) – Abuso‘fiyan Magomedov (Germaniya)
Yarim engil vazn (65,8 kg, Ayollar)
Yana Kunitskaya (Rossiya) – Karol Roza (Braziliya)
Engil vazn (70,3 kg)
Damir Ismagulov (Rossiya) – Grant Douson (AQSh)
Yarim o‘rta vazn (77,1 kg)
Maks Griffin (AQSh) – Maykl Morales (Ekvador)
O‘rta vazn (84 kg)
Nursulton Ro‘ziboev (O‘zbekiston) –Brunno Ferreyra (Braziliya)
Super engil vazn (56,7 kg, Ayollar)
Arina Lipiski (Braziliya) – Melissa Gato (Braziliya)
Engil vazn (70.3 kg)
Ismael Bonfim (Braziliya) – Benua Sen-Deni (Frantsiya)
Prelim kard:
Yarim o‘rta vazn (77,1 kg)
Kevin Li (AQSh) – Rinat Faxretdinov (Rossiya)
Engil vazn (70.3 kg)
Guram Kutateladze (Rossiya) – Elves Brener (Braziliya)
Og‘ir vazn (120,2 kg)
Aleksandr Romanov (Moldova) – Blagoy Ivanov (Bolgariya)
Fikrlar