
Nursulton Ro‘ziboev: "Keyingisi kim?" (video)
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboev bir necha kun oldin UFCda debyut qildi.
Dastlabki bahsda u braziliyalik Bruno Ferreyraga qarshi oktagonga ko‘tarilib, muddatidan oldin g‘alabani tantana qildi. Vakilimiz bugun "Instagram"dagi sahifasiga quyidagi videoni yukladi va "Keyingisi kim?", deb yozib qoldirdi.
Sizningcha Ro‘ziboevning keyingi raqibi kim bo‘ladi? Fikringizni izohlarda bildirishingiz mumkin.
Fikrlar