Nursulton Ro‘ziboev navbatdagi raqibiga o‘ziga xos baho berdi

  • 11 fevral, 2021, 12:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

MMA jangchimiz Nursulton Ro‘ziboev navbatdagi jangini 20 fevral kuni Rossiyaning Samara shahrida o‘tkazadi. Unga ukrainalik Bogdan Kotlovyanov raqiblik qiladi. Bu jang Ro‘ziboev uchun  Open Fighting Championship promoushenidagi debyuti bo‘ladi.

Tecno

Biz ushbu jang avvalida yurtdoshimizning fikrlari, raqib borasidagi taassurotlari bilan qiziqdik.

- Open Fighting Championship promousheni yangi ochildi. Endi, ikkinchi turnirini o‘tkazyapti. Lekin saviya jihatidan kuchli jangchilarni taklif qilgan. Raqibimning janglarini kuzatdim. U “stoyka”da juda yaxshi harakat qiladi. Butunjahon “Fight Matrix” reytingida ham mendan yuqori turadi. Umuman olganda, jiddiy raqib hisoblanadi. Agar, ushbu jangda g‘alaba qozona olsam, reytingda undan o‘zib ketaman. O‘ylaymanki, ijobiy natija qayd etib, yurtdoshlarimizni, MMA ishqibozlarini xursand qilaman, degan umiddaman!

O‘zbekistonlik MMA jangchilari Qirg‘izistonda ajoyib g‘alabalarni qo‘lga kiritdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!