Nyu-Yorkda professional bokschilarimiz birgalikda sparring janglarini o‘tkazmoqda (foto va video)

  • 14 yanvar, 2017, 21:18
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO


Yangi mavsumda puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida qator professional bokschilarimiz mashg‘ulotlarga zo‘r berishgan. Ular birgalikda sparring mashqlarini bajarishmoqda.

Tecno

Hurshid Normatov
(X.Normatov o‘rtada)

O‘tgan yili professional faoliyatini boshlagan hamyurtimiz Xurshid Normatov (3-0-0, 1 KO) anchadan Fight Promotion promouterlik kompaniyasi bilan 15 ta jang uchun uch yillik shartnoma imzolagan va tayyorgarliklarni AQShda o‘tkazmoqda. U so‘nggi marta 11 noyabr kuni Filadelfiyada ringga ko‘tarilib, amerikalik Lenvud Doyzerni (10−13−2, 5 KO) taslim qilgan edi.

 
(o‘ngdan uchinchi)

Shuningdek, 24 yoshli professional bokschimiz Botirali Mamajonov (5-0, 3 KO)  va Sherali Mamajonov (14-1-0, KO 7) ham hozirda AQShda bo‘lib turibdi.

Botirali Mamajonov o‘zining so‘nggi jangini 14 oktyayur kuni amerikalik Larri Xarrisni (2-1, 1 KO) nokautga uchratgan edi. Bokschimiz o‘zining ilk jangini kelasi oyning 24 sanasida o‘tkazishni rejalashtirgan, ammo bo‘lajak raqib nomi oshkor qilinmayapti.

uzbek boxer Sherali Mamajonov

Professional bokschilik faoliyatini 2009 yili boshlagan Sherali Mamajonov esa navbatdagi jangini 28 yanvar kuni Las-Vegasdagi mashhur “MGM Grand” arenasida o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hamyurtimizning bu galgi raqibi amerikalik engilmas David Benavidezga (16-0-0, KO 15) qarshi o‘tkazadi.

Biz bokschilarimga bo‘lajak janglarda g‘alabalar tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!