Nyu-Yorkdagi turnirda Abdusattorovdan hozircha muvaffaqiyatsiz ishtirok, Sindarov esa katta pul mukofotiga ega bo‘ldi

  • 29 dekabr, 2024, 14:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

25 dekabrdan 1 yanvarga qadar AQShning Nyu-York shtatida shaxmat sport turi doirasida "Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati" turniri o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. 

Ayni vaqtda mazkur turnirning bir rapid yo‘nalishida bahslar yakunlandi. 

Tecno

So‘nngi 11-turda Katerina Lagno bilan durang o‘ynagan Afruza Hamdamova 8 ochko bilan ayollar o‘rtasida 7-o‘rinni egalladi va 22.5 ming AQSh dollari pul mukofotini qo‘lga kiritdi

Hamdamova rapid bo‘yicha +218 reyting ochkolarini ham qo‘shib olib, hozirgi reytingini 2406 ga etkazdi. Ayollar o‘rtasida chempion esa hindistonlik Xampi Koneru bo‘ldi. 



Rapid bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslar ham yakuniga etdi.

Yurtdoshlarimizning natijalari:

6-o‘rin — Javohir Sindarov 9 ochko bilan 28.5 ming AQSh dollari;
27-o‘rin — Nodirbek Abdusattorov 8 ochko bilan 4.3 ming AQSh dollari;
48-o‘rin — Jahongir Vahidov 7.5 ochko;
86-o‘rin — Muhiddin Madaminov 7 ochko;
131-o‘rin — Shamsiddin Vohidov 5.5 ochko. 

Qayd etish lozim, rapid bahslarida 18 yoshli rossiyalik Volodar Murzin chempion bo‘ldi. 



30 dekabr kuni dam shaxmatchilar mazkur turnir doirasida dam olishadi. 31 dekabrda blits bo‘yicha guruh bosqichi, 1 yanvar kuni esa blits pley-off bahslari o‘tkaziladi. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!