
“Nyukasl” Angliya yulduzlarini to‘plamoqchi
Saudiya Arabistoni investorlari boshqaruviga o‘tgan “Nyukasl” qishki transferlar davrida bir necha futbolchilarni xarid qilish orqali tarkibni sezilarli daarajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, ular “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingardni o‘z safida ko‘rmoqchi. Lingardning manchesterliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erishgani yo‘q.
Umuman olganda, Jessi Lingard kelajagi borasida bir qarorga kela olmayapti.
“Nyuksal” Lingarddan tao‘qari “Bernli”da o‘ynayotgan Jeyms Tarkovskini ham transfer qilmoqchi. Bu futbolchini olish u qadar yiqin bo‘lmaydi. “Bernli” rahbariyati tajribali o‘yinchisini 10 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.
Fikrlar