"Nyukasl" "Bayer" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 9 may, 11:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi va "Bayer" markaziy himoyachisi Jonatan Ta faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "The Sun" portali xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi Jonatan bilan tekinga shartnoma imzolashi mumkin, chunki uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.

Germaniyalik himoyachi Bundesliganing joriy mavsumida leverkuzenliklar safida 31 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi. Uning bozor qiymati 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!