
“Nyukasl” futbolchisi "Chelsi"ga o‘tadimi?
The Mirror nashrining yozishicha, “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel qishki transferlar chog‘ida o‘z jamoasiga “Nyukasl” vakili Allan Sen-Maksimenni qo‘shib olmoqchi.
Tuxel premer-liganing navbatdagi turibda “Nyukasl” bilan bo‘lgan bellashuvda ushbu yarim himoyachining o‘yinini bevosita kuzatdi va tanlovi to‘g‘riligiga amin bo‘ldi.
“Chelsi” rahbariyati bosh murabbiyning bu tashabbusini qo‘llab-quvvatlayapti. Biroq, bu o‘yinchini olish oson bo‘lmaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Nyukasl”ning yangi xo‘jayinlari jamoaning etakchi o‘yinchilarini qo‘yib yuborishi qiyin bo‘ladi.
“Aristokratlar” Allan uchun 40 million funt taklif qilishni rejalashtirmayapti. Biroq “qarg‘alar” o‘z etakchisini 60 million funtdan kamiga qo‘yib yubormasligi aytilmoqda.
Fikrlar