
"Nyukasl" Isakka o‘rinbosar topdi va harakatga tushdi
"Nyukasl" klubi Aleksandr Isakning ehtimoliy ketishi ortidan yangi hujumchi izlashga kirishdi. Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, APL klubi "RB Leyptsig" safida to‘p surayotgan va katta umidlar bog‘lanayotgan hujumchi Benyamin Sheshko bilan qiziqishni boshladi.
Klub uning transfer narxi haqida allaqachon ma’lumot olgan va shu bilan birga boshqa nomzodlar ustida ham ish olib bormoqda. Avvalroq Sheshkoning nomi "Manchester Yunayted" bilan ham bog‘langandi.
Ma’lumot o‘rnida, Transfermarkt portali sloveniyalik futbolchini 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar