
“Nyukasl” “Real” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio "Nyukasl Yunayted" bilan muzokara olib bormoqda, deb xabar bermoqda Ispaniya nashrlari.
Yozgi transfer oynasi paytida "qora-oqlar" o‘z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Ingliz klubi bir nechta shov-shuvli transferlar amalga oshirishi kutilmoqda. “Defensa Central” nashri xabariga ko‘ra, Marko Asensio “Nyukasl” ustozi Eddi Xouning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Futbolchining "Real" bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi va kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgan. Asensioga "Nyukasl"dan tashqari "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Milan" ham da’vogarlik qilmoqda.
O‘tgan mavsumda futbolchi “Real”ning La Liga doirasidagi 31 o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga 10 gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar