"Nyukasl" "Real" va PSJ bilan kurashib ko‘radi
"Nyukasl" "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger bilan shartnoma imzolashni istamoqda.
29 yoshli nemis futbolchining "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi. "Qarg‘alar" u uchun kurashayotgan klublar bilan raqobatlashib ko‘radi, deya xabar bermoqda "The Telegraph" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, Antonioning o‘zi yozga qadar kelajagi borasida qaror qabul qilmoqchi emas. Uning rejalarida London klubida qolish varianti ham mavjud.
Ma’lumot uchun, Ryudiger joriy mavsum APL doirasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumki, Evropaning bir qator grand jamoalari, jumladan, "Real", PSJ va "Bavariya" germaniyalik fulbekni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlaydi.

Fikrlar