“Nyukal” sardorini otib tashlamoqchi bo‘lishdi

  • 30.08.2023 18:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Nyukasl” jamoasi himoyachisi Jamol Lassells noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchradi. Bu haqda  Daily Mail nashri ma’lum qildi.

Manbaning yozishicha, noxush voqea 19 avgustdan 20 avgustga o‘tar kechasi Nyukasl shahrida sodir bo‘lgan. Futbolchi 19 yoshli ukasi bilan tungi klubda dam olgan. Klubdan chiqishda noma’lum shaxs Jamolning ukasini urgan.

Lesell janjalga aralashib, hujum qilgan shaxsni turtkiligan. Voqea joyida bo‘lgan etti-sakkiz nafar noma’lum shaxs, futbolchiga tashlanib, uni otib tashlash bilan tahdid qilgan.

Ayni paytda ish politsiya nazoratiga o‘tgan.

Lesell  2014 yilning yozidan beri “Nyukasl”da to‘p tepmoqda. 2016 yildan buyon tajribali futbolchi jamoa sardori hisoblanadi. U “Nyukasl” safida jami 225 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!