
“Nyukasl” supertransferni uddaladi
“Atletiko”ning qanot himoyachisi Kiran Tripper “Nyukasl”ga o‘tishga rozilik berdi.
Angliya terma jamoasining 31 yoshli futbolchisi “Nyukasl”ning yanvarga mo‘ljallangan asosiy nishonlaridan biri edi. Yozda bu futbolchiga “Manchester Yunayted” ham og‘iz solgan edi, biroq “Atletiko” 25 million funt talab qilgani uchun bu transferni amalga oshmagan.
Tripper o‘z yurtiga qaytishi bilan “Nyukasl”ning eng katta maosh oladigan futbolchisiga aylanadi. “Qarg‘alar” unga haftasiga 150 ming funt miqdorida mablag‘ beradigan bo‘ldi.
Endi “Nyukasl” madridliklar bilan transfer summasini kelishib olsa kifoya. Futbolchi mavsum oxirida erkin agentga aylanishini inobatga olsak, bu ortiqcha muammo tug‘dirmaydi.
Fikrlar