"Nyukasl" yana bir transferni e’lon qildi
Qishki transferlar oynasida bir qator futbolchilar bilan o‘z tarkibini kuchaytirib ulgurgan "Nyukasl" jamoasi yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
"Qarg‘alar" 26 yoshli tajribali himoyachi Mett Targetni "Aston Villa"dan mavsum so‘nggiga qadar ijaraga oldi.
Joriy mavsumda angliyalik futbolchi barcha turnirlar doirasida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist muallifiga aylangan.
Target "Transfermarkt" portali talqiniga ko‘ra, 17 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar