
“Nyukasl”ga o‘tganimdan shu erda zaxirada o‘tirganim yaxshi!
“Manchester Yunayted” pleymeykeri Donni van de Bek ijara asosida “Nyukasl”ga o‘tishdan bosh tortdi.
O‘z davrida “Ayaks”ning etakchilaridan bo‘lgan niderlandiyalik iste’dod egasi Manchesterga kelganidan beri asosiy tarkibga kira olmadi. Avvaliga, Sulsher unga etarli o‘yin amaliyotini bermadi.
Sulsherning o‘rniga kelgan Ralf Rangnik ham Donniga zaxira o‘yinchisi sifatida munosabatda bo‘lmoqda. Hatto germaniyalik mutaxassis uning ketishiga qarshi va o‘z imkoniyatini sabr bilan kutishini tavsiya qilyapti.
“Nyukasl” Donn van de Bek bilan bog‘lanib, unga muntazam o‘yin amaliyoti berilishini kafolatlagan bo‘lsa-da, yarim himoyachi “qarg‘alar” autsayderlar qatorida borayotgani uchun ular safiga qo‘shilishni istamadi.
Yaqinda “Nyukasl” yana bir niderlandiyalik yarim himoyachi Jordino Veynaldumni ijaraga olmoqchi bo‘lib, uni ham Nyukaslga kelishga ko‘ndira olmagan edi.
Fikrlar