
"Nyukasl"ning navbatdagi "o‘lja"si aniq!
Hujumchi Armando Broya yozda "Chelsi"ni tark etishi kutilmoqda.
2020-2021 yilgi mavsumni hujumchi Albaniyaning "Vitess" klubi safida o‘tkazdi, o‘tgan mavsum esa "Sautgempton" sharafini himoya qildi. Ayni vaqtda 20 yoshli o‘yinchini "Nyukasl" o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar bermoqda.
"Aristokratlar" hozircha shoshilgisi kelmayapti. Ular Broyaning mavsumoldi tayyorgarligini ko‘rib, so‘ngra u haqda xulosa chiqarishni istayapti. Shuningdek, Lukakuning yo‘qligi London klubi hujum chizig‘ida resurslar etishmasligi muammosiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq, Armandoni "Vest Xem" hamda "Sautgempton" o‘z safiga qo‘shib olishni istayotgani haqida xabarlar chiqayotgandi.
Fikrlar