Obameyang Afrikadan xavfli kasallik yuqtirib keldi

  • 16 aprel, 2021, 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang bezgak kasalligiga chalindi. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Obameyang Gabon terma jamoasi safidan qaytib kelgach, ushbu kasallikka chalingani aniqlangan.

"Barchaga salom, xabarlaringiz va qo‘ng‘iroqlaringiz uchun tashakkur. Afsuski, bir necha hafta oldin Gabon terma jamoasidan qaytgach bezgak bilan kasallandim. Men shu hafta bir necha kun kasalxonada yotdim. Hozir kundan-kunga o‘zimni yaxshi his qilyapman.

Virusni juda tez aniqlagan va darhol davolashni boshlagan ajoyib shifokorlarga rahmat", - dedi Obameyang.

Obameyang joriy mavsum “Arsenal” safida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!