
Obameyang "Arsenal" afsonasiga aylanmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang “kanonirlar” tarixidan joy olish niyati borligini aytdi.
“Men uchun “Arsenal”ga kelish va bu erda o‘zimni buyuk hujumchi sifatida ko‘rsatish oson emasdi. Biroq, endi bu jamoaning afsonasiga aylanmoqchiman”, - deydi gabonlik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Obameyang joriy mavsum APLda jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 22ta gol urib, yakunda musobaqa to‘purari bo‘ldi.
Fikrlar