Obameyang Levandovski haqida: "Barselona"da endi ikki buyuk hujumchi bor

  • 25 iyul, 2022, 13:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" futbolchisi Per-Emerik Obameyang jamoaga yangi kelgan Robert Levandovski haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U polyakning kelishi katalon klubi uchun faqat foyda keltirishini ta’kidlab o‘tdi. 

Tecno

"U bilan yaxshi xotiralarimiz bor. Men juda xursandman. "Barselona"da endi ikkita buyuk hujumchi bor. Bizning tajriba va mahoratimiz birgalikda jamoa uchun ancha foyda keltiradi, deb o‘ylayman.  

Dortmunddagi kabi ajoyib davrni qayta o‘tkaza olamiz. Balki undan ham yaxshirog‘iga kuchimiz etar (kuladi). 

Men aniq bilaman, biz ikkalamiz ham "Barselona" uchun borimizni berishga tayyormiz. Qayd etish lozim, klub ham bu yozda juda yaxshi transferlarni amalga oshirdi", - dedi gabonlik forvard.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!