
OChL. Bugun AGMK musobaqa favoritiga qarshi o‘ynaydi
AGMK bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi o‘zining ilk o‘yinini Osiyo giganti, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. OFK mazkur bellashuvga yaponiyalik Ryuji Sato boshchiligidagi hakamlarni tayinladi. Satoga qanotlarda Xiroshi Yamauchi va Jun Mixara ko‘maklashadi. Zaxira hakami sifatida bahraynlik Ali Hasan Abdulnabi ishlaydi. Uchrashuv komissari livanlik Bashir Abdul Xoliq.
Shuningdek, mazkur guruhning ikkinchi bahsida Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Masharipov diskvalifikatsiya sababli bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar