
OChL. Bugun OKMK va "Nasaf" o‘ynaydi
Bugundan Osiyo chempionlar ligasi 2-turi start olmoqda. Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan 4 jamoadan ikkitasi o‘yin o‘tkazadi.
Dastlab OKMK Olmaliqda Iroqning "Efr Fors" klubini qabul qilsa, keyin "Nasaf" Qarshida "Al Sadd" bilan kuch sinashadi. olmaliqdagi bellashuv 17:00ga belgilangan. Qarshidagi bahs 21:00da start oladi.
Dastlabki tur Ro‘ziqul Berdiev jamoasi safarda "Al Faysaliy"ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Mirjalol Qosimov shogirdlari esa "Al Ittihod"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Fikrlar