OChL. Elkesonning goli Ahmedovning jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)

  • 13 mart, 2018, 19:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun OChL 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi Janubiy Koreyada "Ulsan Xyonde" mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Mazkur bellashuvda Xitoy klubi 50-daqiqada Elkeson tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga 3 ochkoga ega chiqadigan bo‘ldi.

Ahmedov o‘yinni zahira o‘rindig‘ida boshladi va ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushdi. Bugungi g‘alabadan so‘ng "Shanxay SIPG"ning ochkolari soni 10 taga etdi va jamoa eng yaqin ta’qibchilarini 5 ochkoga ortda qoldirgan holda deyarli pley-off masalasini hal etdi.

Quyida aynan "Ulsan Xyonde" - "Shanxay SIPG" o‘yini videosharhi bilan tanishish imkoniga egasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!