OChL. Hal qiluvchi uchrashuvlardan biri o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi

  • 24 sentabr, 2020, 14:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Qatarda Osiyo Chempionlar Ligasi g‘arb mintaqasi guruh bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bugun "C" guruhi so‘nggi turida "Persepolis" - "Sharja" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bellashuv bevosita pley-off yo‘llanmasi uchun bo‘lib o‘tadi.

E’tiborlisi, mazkur muhim bellashuv o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Hamyurtimiz, FIFA referisi Ilgiz Tantashev bosh hakam vazifasini bajaradi.

Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynulin yordam beradi. 4-hakam sifatida yana bir o‘zbekistonlik referi Sherzod Qosimov qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!