OChL. "Paxtakor" bugun Turkmaniston chempioniga qarshi saf tortadi

  • 7 noyabr, 2023, 10:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Osiyo chempionlar ligasida 4-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Kun doirasida bitta jamoamiz o‘z o‘yinini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. 

Superliganing amaldagi chempioni "Paxtakor" Turkmanistonning "Ahal" jamoasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. 

Uchrashuvni "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. Shuningdek, telegramdagi "SPORTS.uz Live" kanalimiz orqali ham o‘yin translyatsiyasini kuzatish imkoniga egasiz. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirga kelib "Paxtakor" o‘z guruhida 2-pog‘onani band etib turibdi. Maksim Shatskix shogirdlari 3 ta o‘yinda 3 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. 

guruh_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!