"Octagon 44" turnirida 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi jang qiladi

  • 18.04.2023 17:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

29 aprel kuni Qozog‘istonning Almati shahrida "Octagon 44" turniri tashkil etiladi.

Ushbu jang oqshomida o‘zbekistonlik 2 nafar sportchi ishtirok etadi. Jumladan, yarim engil vazn (65,8 kg) toifasida Humoyun To‘xtamurodov (5-4) eronlik Mamali Piroti (3-2) bilan jang qilsa, super engil vazn (56,7 kg) toifasida Muslimbek Homidov (3-4-1) qozog‘istonlik Jasulan Meirmanovga qarshi bahs yuritadi.

Yurtdoshlarimizga ushbu muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!