Odil Abdumajidov to‘liq o‘ynagan o‘yinda "Ordabasi" yutqazib qo‘ydi

  • 4 aprel, 2022, 10:01
  • 0
  • Futbol

Qozog‘iston chempionatining navbatdagi turida hamyurtimiz Odil Abdumajidov to‘p surayotgan “Ordabasi” klubi safarda “Kaspiy” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Mazkur o‘yinda legionerimiz “Ordabasi” tarkibida boshlang‘ich daqiqalardan harakat qildi va uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.

abdumajidov_1

Biroq uning jamoasi uchun bu o‘yin omadsiz kechdi. Sababi, “Ordabasi” mezbonlarga 2:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Endilikda “Ordabasi” turnir jadvalida hozircha 8-o‘rinda boryapti. Abdumajidov jamoasi keyingi turni 9 aprel kuni o‘z uyida “Tobol”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!