Odil Ahmedov bilan o‘ynagan futbol yulduzi og‘ir avtohalokatga uchradi (foto)

  • 9 noyabr, 2020, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan bir necha yil oldin, Odil Ahmedov bilan birga “Anji” sharafini himoya qilgan kamerunlik hujumchi Samyuel Eto’O  o‘z yurtida avtohalokatga uchradi.

f7244130feb464efc5e9f307e55f5182-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_700Xh_700

Futbolchining o‘zi ayni paytda shifoxonaga yotqizilgan. Samyuelning yaqinlari u qay darajada shikastlangani va aynan qaysi shifoxonaga olib borilgani haqida ma’lumot bermayapti.

Xabarlarga qaraganda, Eto’O boshqarayotgan avtomobil Nkongsamba shahri atrofida avtobus bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv juda qattiq bo‘lgani aytilmoqda.

O‘z davrida Ispaniya, Angliya, Italiya va Turkiyaning etakchi jamoalarida o‘ynagan Samyuel Eto’O   faoliyatini 2019 yilda “Qatar SK” klubi tarkibida yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!