Odil Ahmedov bilan o‘ynagan yulduz futboldan yig‘latadigan gaplarni aytib ketdi
Braziliya futbolining yorqin yulduzlaridan bo‘lgan yarim himoyachi Oskar 34 yoshida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Oskar Braziliyaning mashhur “San-Paulu” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va professional faoliyatini aynan mana shu jamoada boshlagan.
Keyinchalik o‘z yurtida “Internasional” klubida ham o‘ynaganidan keyin 2012 yili 32 million yevro evaziga Londonning “Chelsi” jamoasiga transfer qilingan.
Angliya Premier-ligasidagi besh yillik faoliyatidan keyin Oskar ayni kuchga to‘lgan paytida kutilmaganda Xitoyga yo‘l oldi. “Shaxay SIPG” klubi jahon darajasidagi bir necha yulduzlar qatorida Oskarni ham tarkibga qo‘shib oldi.
O‘sha yulduzli jamoaga O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘sha paytlardagi yetakchisi Odil Ahmedov ham taklif etilgan. Xalk, Oskar va Ahmedov yetakchiligidagi shanxayliklar 2018 yili Xitoy chempionligiga sazovor bo‘lgan.
Oskar Xitoy chempionatida 2025 yilning yanvarigacha o‘ynadi va keyin o‘z yurtiga qaytib, qadrdon jamoasi “San Paulu”ga qo‘shildi. Mo‘hir yarim himoyachi keyingi paytda salomatligi bo‘yicha muammoga duch keldi. Noyabr oyida qon bosimidagi o‘zgarishlar tufayli hushdan ketish holatini boshdan kechirgan.
Oqibatda yurak bilan bog‘liq muammolar unga maydonga qaytish imkonini bermadi va yarim himoyachi qiyin qaror qabul qildi.
- Men “San-Paulu” uchun ko‘proq ish qilishni xohlardim, ko‘proq o‘ynashni istardim. Menimcha, mahoratim ham, yoshim ham menga yana o‘ynash imkonini beradi, lekin afsuski, bu amalga oshmaydi. Endi faoliyatimni yakunlayman va “San-Paulu”ni qo‘llab-quvvatlashda davom etaman, hayotimni muxlis sifatida davom ettiraman, - dedi Oskar.
Nihoyat, 4 aprel kuni mashhur futbolchi butsasni mixga ilganini e’lon qildi.
Oskar professional faoliyati davomida jami klublar miqyosida 556 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 136 ta gol va 203 ta assist rasmiylashtirgan. Shuningdek, Braziliya terma jamoasi safida 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qilgan.
Evrokubokda o‘ynaydigan klub o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qildi
Kulminatsion nuqta – Husanov Saloh hisobni ochishga yo‘l qo‘ymagani bo‘ldi
Bunaqa o‘yindan keyin ekspertlar Husanovning reytingini ko‘tardi!
Olmaliqda tug‘ilgan futbolchi transferini Manchester va Madrid superklublari so‘radi
Husanov va O‘zbekiston g‘alabasiga “Manester Siti”dan qanday munosabat bo‘ldi?
O‘zbekiston: Bu galgi raqib Argentina va Braziliyani qo‘rqitgan jamoa!

Fikrlar