Odil Ahmedov eng kuchli futbolchilar qatorida e’tirof etildi

  • 2 noyabr, 2020, 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida “Sochi” jamoasi sharafini himoya qilayotgan asli braziliyalik Joazino jurnalistlarning o‘zi bilan o‘ynagan eng kuchli futbolchilar haqidagi savoliga javob berdi.

- Men “Krasnodar” doim chempionlik uchun kurashishni maqsad qilishini yaxshi bilaman. Bu jamoaning 2014-2015 yilgi chempionatdagi tarkibi klub tarixida eng kuchlisi bo‘lgan. O‘shanda jamoada Odil Ahmedov, Roman Shirokov, Pavel Mamaev, Artur Endjeychik, Vanderson, Rikardo Laborde, Maurisio Pereyra kabi mohir futbolchilar o‘ynardi. Biz o‘sha mavsum Rossiya chempionatining broza medalini qo‘lga kiritganmiz, - dedi Joazino.

Joazino 2011-2018 yillar davomida “Krasnodar” sharafini himoya qilgan. Odil Ahmedov esa krasnodarliklar safida 2014-2016 yillarda o‘ynagan.

ProSports Management: O‘runovning agenti juda jiddiy odam, Ostonga hamon yangi takliflar bor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!