Odil Ahmedov Messi va Ronaldu bilan birga o‘ynashi mumkin edi...

  • 6 fevral, 2021, 18:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Anji” jamoasining sobiq vitse-prezidenti Said Abdullaev klubga rahbarlik qilgan Suleyman Kerimov davrini esga oldi.

Klub xo‘jayini bo‘lgan Kerimov Tkachenko boshchiligidagi selektsionerlarni  transferlar soni va xarajat miqdori bo‘yicha hech qachon chegaralamagan. Agar ular rahbarni biror futbolchi jamoa uchun muhim ekaniga ishontira olsa, bu transfer moliyaviy sabab bilan to‘xtab qolmas edi.

Hech qanday cheklov yo‘q edi. “Anji”ga superyulduzlarni olib kelish rejasi bo‘lga. Unga ko‘ra, agar Kerimovning boshqaruvdagi vaqti Messi va Ronaldu faoliyatining gullagan davriga to‘g‘ri kelib qolmaganida, ular ham “Anji”ga olib kelinardi, - dedi Said Abdullaev.

Suleyman Kerimov “Anji”ni 2011 yilning yanvarida sotib olgan. Bu jamoaga Samuel Eto'O, Roberto Karlos, Jusiley, Odil Ahmedov kabi futbolchilar taklif etilgan. 2012 yilning fevralidan “Anji”ga mashhur murabbiy Gus Xiddink boshchilik qilgan.

Agar “Anji” rahbariyatining rejasi amalga oshib, Messi va Ronaldu klubga olib kelinganida Odil Ahmedov ular bilan bir tarkibda to‘p tepgan bo‘lardi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining sardori “Anji”da 2011-2014 yillar davomida o‘ynagan va jamoada 86 ta uchrashuvda uchta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!