Odil Hamrobekov "Nasaf"ga o‘tishga yaqin!

  • 10 dekabr, 2024, 12:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

31 dekabr kuni "Navbahor" bilan shartnomasi yakunlanadigan futbolchi Odil Hamrobekov jamoani tark etgani haqida xabar bergan edik.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, agar futbolchi O‘zbekistonda qoladigan bo‘lsa, katta ehtimol bilan uning keyingi jamoasi "Nasaf" bo‘ladi. Kelasi mavsum oldiga katta maqsadlar qo‘yishi kutilayotgan qarshiliklar terma jamoa a’zosini asosiy transferlardan biri sifatida ko‘rmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum Superligada 23 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!