
Odilov G‘iyosov va Sergeevga etib oldi
Alisher Odilov Superliganing 14-turida "Mash’al"ga gol urib, gollari sonini 2 taga etkazib oldi. Vingerda shuningdek assistlar soni 8 tani tashkil qiladi.
Shu tariqa, Odilov gol+pas tizimi bo‘yicha 10 ball to‘pladi va bu borada Igor Sergeev va Xurshid G‘iyosonga etib oldi.
Xurshid G‘iyosov 6 ta gol urgan bo‘lsa, 4 marta sheriklariga golli pas bergan. Igor Sergeev esa 9 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilib, 1 ta assist qayd etdi.
Fikrlar