O‘FA vakillari FIFAning “JCh–2019 tahlili” konferentsiyasida ishtirok etishdi
Shu yilning iyun va iyul oylarida Frantsiyada ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazildi. Italiyaning Milan shahrida FIFA tomonidan mana shu chempionatning tahliliga bag‘ishlangan konferentsiya tashkil etildi. Ushbu konferentsiyada O‘FA texnik direktori Shavkat Imamov hamda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiy Bahrom Norsafarov ishtirok etishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Konferentsiyada ayollar futbolining rivoji, texnik, taktik trendlar, mavjud ma’lumotlar asosda o‘yinlar tahlili va avvalgi Jahon chempionatlari hamda FIFA tadbirlaridagi holatlarni o‘rganib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek konferentsiya ishtirokchilari kecha bo‘lib o‘tgan “The Best” sovrinlari topshirish marosimiga ham taklif etildilar. Ushbu tadbirda butun dunyodan kelgan etuk mutaxassislar o‘zaro fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Fikrlar