O‘FAda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Avval xabar berganimizdek, futbolimiz tibbiyoti samaradorligini yangi saviyaga olib chiqish, barcha jamoalar, futbol akademiyalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini zamon talabiga mos ravishda muvofiqlashtirish maqsadida O‘FA qoshida Tibbiy qo‘mita tashkil etildi.
Kecha O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligida qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida mutaxassislar fikrlari tinglandi, qisqa muddat ichida amalga oshirilgan bir qator ishlar va kelgusi rejalar muhokama qilindi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bo‘lib o‘tdi.
Futbolimizdagi barcha tibbiy xodimlarning faoliyatida asosiy yo‘nalishlarni belgilab beruvchi, ilmiy asoslangan hamda zamonaviy sport tibbiyoti yutuqlaridan samarali foydalangan holda tuzib chiqilishi rejalashtirilayotgan “Tibbiy qo‘llanma” yaratish yo‘lidagi harakatlarni yanada tezlashtirish zarurligi aytildi. Shuningdek, yaqin kunlarda barcha futbol shifokorlari ishtirokida konferensiya tashkil qilish hamda qo‘mita faoliyatga taalluqli boshqa masalalar muhokama qilindi.



Fikrlar