OFK: Bafetimbi Gomis, Bag‘dod Bunedja, Igor Sergeev – ular vaziyatni o‘zgartirib yuboradi

  • 9 sentabr, 2020, 10:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OChL restarti yaqin. 14 sentyabr kuni 7 oylik tanaffusdan so‘ng Osiyoda xalqaro uchrashuvlar boshlanadi. Xabaringiz bor, OFK musobaqani markazlashgan holatda o‘tkazishga qaror qildi.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi G‘arb mintaqasi “B” guruhi doirasida o‘z uchrashuvlarini Qatarda o‘tkazadi. Restart oldidan OFK rasmiy sayti ayni vaqtda yuqori sport formasida bo‘lib turgan futbolchilarga e’tibor qaratdi.

Bafetimbi Gomis (“Al Hilol”)

Frantsiyalik hujumchi joriy mavsum “Al Hilol” safida barcha musobaqalarda 34 bahsda maydonga tushdi va 11 ta gol kiritdi. Aynan uning “Al Hazem” darvozasiga kiritgan uchta goli jamoasiga mamlakat chempionligini taqdim etdi. Qayd etish joiz, Gomis qatorasiga ikkinchi mavsum 20 talik “dovonni zabt etmoqda”. OChLda esa 3 ta o‘yinda 3 ta to‘p kiritgan holda musobaqa to‘purarlaridan biri bo‘lib turibdi.

Omar Al Soma (“Al Ahli”)

Suriyalik forvard jarohati bois joriy mavsum OChLda birorta bellashuvda maydonga tushmadi, ammo mahalliy musobaqalarda 26 bahsda ishtirok etib, 20 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.

U ayni vaqtda yuqori formada bo‘lib turibdi. So‘nggi 5 o‘yinda 5 gol.

Kodjo Laba (“Al Ayn”)

Togolik futbolchi 2019 yil Marokashning “Berkan” jamoasidan kelib qo‘shilgan edi. Uning “Hazza bin Zayed” stadionidagi “sarguzashtlari” COVID-19 sabab, to‘xtab qoldi. BAAda chempionat uchrashuvlari to‘xtatildi va qayta tiklanmadi. Qahramonimiz esa, bu vaqtga qadar 19 ta bahsda 17 ta to‘p kiritishga erishgan edi.

“Al Ayn” OChLda qiyin vaziyatda qolgan. 2 o‘yinda 2 mag‘lubiyatga uchragan Pedro Emanuel shogirdlari guruhdan chiqish uchun oldinda turgan 4 uchrashuvning barchasida ijobiy natija qayd etishlariga to‘g‘ri keladi.

Bag‘dod Bunedja (“Al Sadd”)

Osiyo futbolini muntazam kuzatib boradigan muxlislar ushbu hujumchi haqida eshitgan bo‘lishlari tabiiy. 28 yoshli futbolchi “Al Sadd” tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi. Marokashlik forvard jamoasi uchun 102 bahsda 113 ta to‘p kiritgan va 31 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bunedja ushbu mavsum OChLda gollari hisobini ochmadi, ammo Santi Kasorla yordamida bu ish tez orada amalga oshishi aniq.

Sheyk Diabate (“Istiqlol”)

Malilay hujumchi yakuniga etgan mavsum Eron chempionatida 21 o‘yinda 15 ta gol kiritib, eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. OChL saralash bosqichi doirasida esa 2 ta bahsda 3 ta to‘p kiritgan holda jamoasini guruh bosqichiga yo‘l olishida katta hissa qo‘shgan edi.

Igor Sergeev (“Paxtakor”)

Sergeev ushbu mavsum Superligada 13, OChLda esa 2 ta gol kiritishga erishdi. Chempionatda birinchi davra ramziy terma jamoasidan o‘rin egalladi va avgust oyining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!