OFK Kubogi-2021: “Nasaf” – “Ahal” uchrashuvining hakamlari ma’lum

  • 22 avgust, 2021, 15:43
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

25 avgust kuni “Nasaf” OFK Kubogi-2021 hududiy final o‘yinida Turkmanistonning “Ahal” klubiga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur uchrashuvni saudiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – Muhammad Xolid Al Hoish.

“Nasaf” (O‘zbekiston) – “Ahal” (Turkmaniston)

Bosh hakam: Muhammad Xolid Al Hoish (Saudiya Arabistoni)

Qanot hakamlari: Abdulrahim Habib Alshammari (Saudiya Arabistoni), Yosir Abdulla Alsulton (Saudiya Arabistoni).

Zaxira hakami: Xolid Solih Alturais (Saudiya Arabistoni)

Nazoratchi: Hussain G‘adanferi (Quvayt)

Tibbiy va infektsiya nazorati ofitseri: Farrux Avezov (Tojikiston)

Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston).

Mahalliy koordinatorlar: Jahongir Rahmatullaev, Zoxirjon Akramxonov.

“Nasaf” – “Ahal” uchrashuvi 25 avgust kuni Qarshidagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadi va soat 20:00da start oladi. Uchrashuv g‘olibi OFK Kubogining hududlararo yarim final bosqichiga yo‘l oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!