OFK prezidenti Umid Ahmadjonovni tabrikladi

  • 28 fevral, 2018, 10:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Umid Ahmadjonovni CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston futbol Assotsiatsiyalari) prezidenti etib saylangani bilan tabriklab, maktub yubordi, deya ma’lum qilmoqda O‘FA matbuot xizmati. 

Tabriknomada shunday deyiladi: 

“Muhtaram Umid Ahmadjonov! CAFA prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan mening eng yaxshi tabriklarim va samimiy tilaklarimni qabul qiling. O‘zingiz rahbarlik qilayotgan hududda futbolni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish katta hissa qo‘shishingizga ishonchim komil. O‘rtamizdaga aloqalarni yanada mustahkamlash uchun Siz bilan yaqin hamkorlikda ishlashga hamisha tayyorman. 

Eng yaxshi tilaklar bilan Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa, OFK prezidenti”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!