OFKning murabbiylik ta’limi bo‘yicha 3-konferentsiyasi davom etmoqda

  • 18 aprel, 2019, 13:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Osiyo futbol konfederatsiyasi shtab-kvartirasi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida murabbiylik ta’limi bo‘yicha OFKning 3-konferentsiyasi davom etmoqda. Mazkur konferentsiyada O‘zbekistondan Shavkat Imamov bilan birgalikda FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov ham qatnashyotgani haqida xabar berib o‘tgandik.
 
Konferentsiya davomida FIFAdan maxsus taklif etilgan Basir Muhammad bir qator mavzular yuzasidan chiqish qilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, konferentsiya qatnashchilari joriy yilning yanvar-fevral oylarida BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida qatnashgan terma jamoalar murabbiylarining muvaffaqiyatli faoliyatlarini tahlil qilishadi.

Bundan tashqari, murabbiylik ta’limi bo‘yicha OFK Konventsiyasi talablari va ularni amalga oshirish masalasi ham ko‘rib chiqiladi. 
 
OFKning murabbiylik ta’limi bo‘yicha 3-konferentsiyasi ertaga o‘z yakuniga etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!