Og‘ir atletika. Ruslan Nuriddinov ham jahon chempionatida o‘z so‘zini aytdi

CHERY AUTO

Hozirgina Saudiya Arabistonida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida siltab ko‘tarish bahslari yakunlandi.

Tecno

Unda hamyurtimiz Akbar Jo‘raev 226 kg natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 227 kg natija ko‘rsatgan Ruslan Nuriddinov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ikki kurash yakunlariga ko‘ra Akbar Jo‘raev 415 kg natija bilan ikkinchi oltinga ega chiqdi, Ruslan Nuriddinov esa 407 kg natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, Akbar Jo‘raev aynan Ruslan Nuriddinovdan so‘ng ikki karra jahon chempioni bo‘lgan ilk og‘ir atletikachi sifatida o‘zbek sporti tarixiga kirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!