Og‘ir vaznli bokschimiz Tokio yo‘llanmasini naqd qildi

  • 8 mart, 2020, 22:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirda og‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tarildi. U chorak finalda Baxrayn vakili Denis Latipovga qarshi jang qildi. Ushbu vaznda 4 ta yo‘llanma o‘ynalmoqda va bu jangning g‘olibi litsenziyani qo‘lga kiritardi.

Jangning birinchi va ikkinchi raundi hamyurtimizning nazoratida o‘tdi va o‘z uslubida raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi. Uinchi raundda esa biroz ochiqroq jangni kuzatdik. Chunki raqib ham faollik ko‘rsatdi. Yakunda Bahodir Jalolov kutilgan g‘alaba va Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!