Oilaviy muammo tufayli uyiga ketgan legioner yana "So‘g‘diyona"ga qaytdi

  • 11 aprel, 2021, 23:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiyalik darvozabon Milan Mitrovich bir necha mavsumdan beri “So‘g‘diyona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu yil ham jizzaxliklar uning xizmatiga ehtiyoj sezishgani bois, yangi shartnoma imzolandi.

Tecno

Biroq, u hali “So‘g‘diyona” tarkibida maydonga tushgani yo‘q. Bunga sabab bor, albatta. Mitrovich chempionatning birinchi turida “Navbahor”ga qarshi uchrashuvdan bir kun oldin kutilmaganda Serbiyaga qaytishiga to‘g‘ri kelib qoldi.

Gap shundaki, uning farzandi jiddiy operatsiyani boshidan o‘tkazdi. Shuning uchun Milan uyga qaytishga majbur bo‘ldi. Kuni kecha, uning o‘zi sports.uz muxbiriga farzandi muvaffaqiyatli operatsiya qilinganini, hozir ahvoli yaxshi ekanini aytdi. O‘zi esa bir necha kun avval, “So‘g‘diyona” safiga qo‘shildi. O‘zining aytishicha, O‘zbekiston kubogi bahslarida maydonga tushishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilmurod Rustamov
12/04/2021 06:33
Umid Ahmadjonovni QAYTARINGLAR...........R