Okampos faoliyatini Premer-ligada davom ettirishi mumkin
"Fulxem" ushbu yozda "Sevilya" vingeri Lukas Okamposni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda, deya xabar berdi "Mail Sport" nashri.
Okamposning jamoasi bilan amaldagi bitimi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Yangi shartnoma hali kelishib olinmagan, ya’ni "Sevilya" keyingi yil uni tekinga yo‘qotish xavfi bor.
28 yoshli futbolchi yakuniga etgan mavsumning birinchi yarmini "Ayaks"da ijara asosida o‘tkazdi, ammo yanvar oyida uning ijara muddati qisqartirilib, Ispaniyaga qaytdi.
Fikrlar