OKMK 5 futbolchini Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi

  • 15 yanvar, 2024, 19:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK klubi Giorgi Papavani ortga qaytardi. Gruziyalik futbolchi olmaliqliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Tecno

Shuningdek, klub Javohir Ilyosov, Avazbek O‘lmasaliev va Aziz Xolmurodov bilan ham ikki yillik kelishuvga erishdi. Oybek Rustamov esa ijara asosida yangi mavsumni ham olmaliqliklar safida boshlaydi.

"Konchilar" jamoaning etakchi futbolchilari – Xurshid G‘iyosov, Mirjamol Qosimov, Sardor Rahmonov, Akramjon Komilov, Valijon Rahimov va Dilshod Ahmadaliev bilan kelishuvni ikki yilga uzaytirishdi.

Islom To‘xtaxo‘jaev hamda Sardor Mirzaev bilan bitim esa bir yilga uzaytirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!