
OKMK yana ikki nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Bugun, 24 fevral Superliga klublari uchun transfer oynasi yopiladigan kun!
Transfer oynasi yopilishi arafasida OKMK futbol klubi o‘z safiga ikki nafar yosh iste’dod egalarini qo‘shib oldi.
2023 yilgi mavsumni Pro-Ligada G‘uzorning «Sho‘rtan» klubida o‘tkazgan yarim himoyachi Abrorbek Sarimsoqov «konchilar» bilan shartnoma imzoladi. 21 yoshli Abrorbek o‘tgan yili Pro-Ligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Mamlakat Kubogi bahslarida 3 ta o‘yinda qatnashdi.
«Turon» klubi U-21 jamoasi safida o‘zining goledorlik qobiliyatini namoyish etgan Farruxjon Qodirov ham keyingi faoliyatini OKMK jamoasi bilan bog‘ladi. 19 yoshli hujumchi yangi mavsumda OKMK FKning oldingi chizig‘idagi futbolchilarga raqobatchi bo‘la oladi, degan umiddamiz, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Fikrlar